![](https://nammti.uz/wp-content/uploads/2025/01/2025-01-06_07-21-03_491369-1024x682.jpg)
2024-yil 27-dekabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining Ilmiy Kengashi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda institut Kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish, 2024-yilda ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yil rejalari, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish holati, institut bitiruvchilari bo‘yicha kadrlar ehtiyoji va ularning ishga joylashishi, shuningdek, doktorantlar va stajyor-tadqiqotchilarning faoliyat natijalarining monitoringi kabi masalalar muhokama qilindi.
![](https://nammti.uz/wp-content/uploads/2025/01/2025-01-06_07-21-32_137492-1024x682.jpg)
Yig‘ilish davomida turli masalalar ko‘rib chiqilib, institutning ilmiy va amaliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar institutning 2025-yildagi strategik maqsadlarini amalga oshirishda mustahkam zamin yaratadi.
![](https://nammti.uz/wp-content/uploads/2025/01/2025-01-06_07-21-44_397674-1024x576.jpg)
Kelgusida institut professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, talabalar bilim va malakalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa institutning ilm-fan va ta’lim sohasidagi nufuzini yanada oshiradi.