Kun tartibidagi asosiy masalalar bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj va ularni ishga joylashtirish: Talabalar uchun munosib ish joylarini ta’minlash va ularga ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi.
Talabalarning davomati 2024-2025 o‘quv yilining kuzgi semestri davomida talabalar davomati va uning tahlili bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Kredit-modul tizimida yakuniy nazoratlar: Yakuniy nazoratlarni adolatli, shaffof va belgilangan qoidalarga muvofiq o‘tkazish, ularning ob’ektivligini ta’minlash hamda rasmiylashtirish tartibiga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan takliflarni ilgari surdilar.
Institut rahbariyati yig‘ilish yakunida barcha masalalar bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Ushbu yig‘ilish institutning ta’lim sifatini oshirish va talabalarning ilmiy hamda amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.