Tadbir avvalida fakultet dekani A.Mamaxanov so‘zga chiqib, barcha talabalarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi va ularga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram tadbiri fakultet yoshlar ittifoqi faollari tomonidan sahnalashtirilgan rang-barang chiqishlar bilan boyitildi. Tomoshabinlar uchun maxsus tayyorlangan yangi ertak namoyishi katta qiziqish uyg‘otdi. Qorbobo va Qorqizning samimiy chiqishlari, shuningdek, Yalmog‘iz kampirning hazil-mutoyibaga boy harakatlari tadbirga o‘zgacha zavq va kulgu bag‘ishladi. Musiqiy chiqishlar, raqslar va qiziqarli tanlovlar kechani yanada qiziqarli va mazmunli qildi.
Shunday quvonchli kechalar talabalarning yangi yilni iliq va quvonchli kayfiyatda kutib olishlariga turtki bo‘ldi. Fakultet jamoasi barcha talabalar va xodimlarga yangi yilda ulkan zafarlar, baxt va omad tilaydi!