Namangan muhandislik-texnologiya institutida Boshqaruv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishni institut rektori v.v.b. professor Oybek Ergashev boshqarib bordi. Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va yoshlar bilan ishlashga qaratilgan masalalar keng muhokama qilindi.
Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Har bir bo‘lim va yo‘nalish rahbariga bu jarayonning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Ushbu masalalar institutning strategik rivojlanish maqsadlariga mos ravishda amalga oshirilishi, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi marralarni zabt etishga xizmat qilishi kutilmoqda.