Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b professor Oybek Ergashev institut tayanch doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu muloqotda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlarida uchrayotgan qiyinchiliklarga alohida e’tibor qaratib, ularga samarali ilmiy metodologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy tadqiqot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berdi. Shuningdek, ilmiy ishlarning sifatini oshirish, amaliy natijalarga erishish hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirish yo‘llari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ilmiy ishlarni himoya qilish jarayonida talab qilinadigan hujjatlarni tayyorlash, zamonaviy akademik yozuv uslublarini qo‘llash va ilmiy maqolalarni xalqaro nashrlarda chop etish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi muloqotlar institutning ilmiy rivojlanishiga xizmat qilish bilan birga, tadqiqotchilarni kelgusidagi ilmiy izlanishlariga yangicha yondashishga undaydi.