Viloyat hokimi o’rinbosari G’ulomjon Murodxo’jayev o‘quv jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, institut jamoasining tayyorgarlik borasidagi mehnatini yuqori baholadi.
Hokim o‘rinbosari institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylariga ham tashrif buyurib, u yerdagi zamonaviy sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdi. Ushbu turar joylar talabalar uchun qulay yashash va o‘qish muhitini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Talabalarning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish institut rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Ushbu ko‘rsatmalar asosida institutda ta’lim va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, raqamli xizmatlarni kengaytirish va talabalarning bilim olishdagi qulayliklarini oshirishga qaratilgan qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif institut rahbariyati tomonidan talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlarning yanada takomillashtirilishiga xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu sa’y-harakatlar institutda o‘qitish sifatini oshirish va talabalarning bilim olishini samarali tashkil etishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismidir.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati