Bugun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida bir qator loyihalarni mualliflariga sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur marosimda Namangan muhandislik-texnologiya instituti Informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri, dotsent Ulug‘bek Erkaboyevning “Yuqori xarorat va kuchli mikroto‘lqinli maydonlarda nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarda magniooptik yutilish koeffitsientini aniqlash” mavzusidagi bajarilishi 2022-2026 yillarda mo‘ljallangan fundamental loyihasi qariyb 2.5 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilganligi to‘g‘irisidagi sertifikat topshirildi.
Shuningdek, Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi mudiri dotsent Surayyo Misirovaning “Namangan sharoitida noyob orxideya gulini yetishtirish texnologiyasi” mavzusida davom etayotgan loyihasi uchun ham sertifikat topshirildi.