Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi muassasalarda moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish, noqonuniy va maqsadsiz xarajatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun vazirlikning ichki audit boshqarmasida 4 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tarkibidagi hududiy ichki audit xizmatlarida 12 nafar hamda oliy taʼlim muassasalarida tashkil eilgan ichki audit xizmatlarida 45 nafar mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi muassasalarda moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish, noqonuniy va maqsadsiz xarajatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun vazirlikning ichki audit boshqarmasida 4 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tarkibidagi hududiy ichki audit xizmatlarida 12 nafar hamda oliy taʼlim muassasalarida tashkil eilgan ichki audit xizmatlarida 45 nafar mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Mazkur ichki audit xizmatlari tomonidan 2021-yilda tizimdagi 479 ta taʼlim muassasalarida, jumladan 56 ta oliy taʼlim muassasasi hamda 423 ta kasb-hunar va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida moliyaviy faoliyatga doir monitoring va profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari natijasiga koʻra, 49 ta oliy taʼlim muassasasida 9,4 mlrd. soʻmlik, 253 ta professional taʼlim muassasasida 7,0 mlrd soʻmlik, jami 302 ta taʼlim muassasasida 16,4 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Bunda:
3,3 mlrd soʻm vazirlikning ichki audit boshqarmasi tomonidan;
7,0 mlrd soʻm hududiy ichki audit xizmatlari;
6,1 mlrd soʻm oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan bosh auditorlarimiz tomonidan oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari natijasida qayd etilgan.
Ushbu qayd etilgan 16,4 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarning:
11,4 mlrd soʻmlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarning oldi olindi (amaldagi me’yoriy normativlarga nisbatan ortiqcha shtatlarni saqlash holati, ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, taʼmirlash xarajatlari, ijara toʻlovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan inventarlar kamomadi, debitor-kreditor qarzdorliklar hamda boshqa turdagi hisob-kitoblar);
2,3 mlrd soʻmlik ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, taʼmirlash xarajatlari, ijara toʻlovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan kamomad yoki ortiqchaliklar va boshqa turdagi hisob-kitoblar keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratildi;
2 ta oliy taʼlim hamda 10 ta kasbiy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan profilaktika tadbirlarida aniqlangan 2,7 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, oʻrganish materiallari rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborildi.
Profilaktika tadbirlari jarayonida moliyaviy xatolikka yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tahlil qilib, ularni 3 turga boʻladigan boʻlsak:
1-turga texnik xatoliklarni;
ish haqi, stipendiyalarni hisoblashda, turli taʼminotchi (tovar, ish, xizmatlarni yetkazib beruvchi) tashkilotlar bilan bogʻliq hisob-kitoblarda, shuningdek, tovar-moddiy qiymatliklarni balansga kirim qilishda yoki hisobdan chiqarishda tegishli maʼlumotlarning UzASBO dasturiga notoʻgʻri kiritilishi.
2-turga shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini rejalashtirishdan oldin muassasaning yil boshidagi tegishli koʻrsatkich va maʼlumotlarni inventarizatsiya qilmasdan eski maʼlumotlardan foydalanish, shuningdek, masʼul moliyaviy-xoʻjalik boʻlinmalar boshliqlarining masʼuliyatsizligi;
tashkilotlardagi tovar-moddiy qiymatliklarni qayta sanoqdan oʻtkazish komissiyalari hamda hisobdan chiqarish komissiyalarining oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashishi natijasida kamomadlarga yoʻl qoʻyilishi;
ayrim taʼlim muassasalarida moliyaviy boʻlinmalari masʼul xodim (bosh hisobchisi, hisobchi, iqtisodchi)larining yetarli darajada bilim va malakaga ega emasliklari natijasida yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar deb qaraymiz.
3-turdagi xato esa qisqacha qilib aytganda — ongli ravishda, gʻaraz maqsadni koʻzlab qilingan xato hisoblanadi. Bunday holatga duch kelinganda, oʻrganish materiallari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy moliyaviy nazorat tadbirini oʻtkazish, holatga huquqiy baho berish va qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi.
Shuni ham taʼkidlash kerak, yuqorida aytib oʻtilgan moliyaviy qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan masʼullarning bilib yoki bilmasdan xato qilishliklari bu — ularni javobgarlikdan xalos etmaydi. Shu sababli, koʻrsatib oʻtilgan xato va kamchiliklarga, moliyaviy qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan rahbar va masʼul xodimlarning 161 nafariga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanildi, 46 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Manba: Axborot xizmati