Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish

Kafedra mudiri

Qosimov Axtam Akramovich

Texnika fanlari doktori

Kafedra tarkibi

  • Qosimov Axtam Akramovich– Kafedra mudiri, PhD.
  • Meliboev Umarjon Xaydarovich – T.f.n., professor
  • Sarimsakov Akramjon Usmonovoch – PhD ,dotsent
  • Shodmonov Jasur Abdumuhammedovich – PhD, Katta o`qituvchi
  • Mamadalieva Dildora Abdulmalikovna – PhD, Katta o`qituvchi
  • Boboyev Utkirbek Abdillajanovich – PhD, Katta o`qituvchi
  • Siddikov Akbarxon Xojahmadxonovich – PhD, Katta o`qituvchi
  • Ismoilov Ikromjon Ibrohimjon o’g’li – PhD, Katta o`qituvchi
  • Atambayev Dilmuhammad Davronbek o’g’li – Katta o`qituvchi
  • Karimova Shaxnoza Rahmonjonovna – Assistent
  • Axmadjonov Suhrob Baxtiyor o’g’li – Assistent
  • G’ofurov Nuriddin Tojimirzayevich – Assistent
  • Xolmatov Muhammadyusuf Nurmuhammad o’g’li – Assistent
  • Adashev Boburshox Malikjon o’g’li o’g’li – Assistant
  • Boltaboyev Sherzod Egamberdi o’g’li – Kabinet mudiri
  • Parpiyeva Kumush Abdullajon qizi – laborant

Kafedra haqida

   Kafedra 2016 yil 3 oktyabr sanasida institut rektorining 258-sonli buyrug`i va Institut Kengashining NT-1/1 qarori asosida tashkil topgan. Kafedra 60711300-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta`lim yo`nalishi bo’yicha bakalavr hamda 2019-2020 o’quv yilidan boshlab 70711302–Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (paxta, to’qimachilik va yengil sanoat) mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi. Mazkur yo`nalishga birinchi talabalar 2012 yilda qabul qilindi.

 Tayyorlanayotgan bakalavrlar va magistrlar paxta, to`qimachilik va yengil sanoat korxonalari, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiy yo`nalishida faoliyat ko`rsatadigan tashkilotlar uchun malakali kadrlar bo’lib yetishadi.  Hozirga kelib kafedrada 15 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan 1 nafari Professor, 8 nafari PhD, 1 nafari katta o`qituvch va 5 nafari assistant o`qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.

Kafedraga 2016-2018 yillarda kafedraga dotsent Yusupov Sobirjon Abdujabborovich rahbarlik qilgan, 2018-2023 yillarda esa kafedra mudiri sifatida t.f.d. dotsent Yuldashev Jamshid Qambaraliyevich faoliyat yuritgan. Bugungi kunga kelib kafedrani PhD, dotsent Qosimov Axtam Akramovich boshqarib kelmoqda.

 Kafedra a`zolari tomonidan bugungi kunda paxta, to`qimachilik va yengil sanoat tarmog`larining xom ashyolari, yarim mahsulotlari hamda buyumlarini xossalarini tadqiq qilish, turli sinov usullari va vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalarida sifat menejment tizimga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »