Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Menejment

Kafedra mudiri

Ibragimov Isroil Usmanovich

Iqtisod fanlari nomzodi

Kafedra tarkibi

  • Soxadaliyev Abdurashid Mamadaliyevich – I.f.n. dotsent
  • Kazakov Olim Sabirovich – I.f.n., dotsent
  • Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich – I.f.n., dotsent
  • Ubaydullayev Lutfulla Xabibullayevich – I.f.n., dotsent v.b.
  • Axmedov A`zam Yunusovich – I.f.n., katta o`qituvchi
  • Kuymuratova Matluba Abdimanovna – Katta o`qituvchi
  • Kamoliddinov Ilhomjon Muxammadjonovich – Katta o`qituvchi
  • Axmedov Muzaffar Shokirjonovich – Katta o`qituvchi
  • Saribayeva Azadajan Baratbayevna – Assistent

Kafedra haqida

 2019 yildan boshlab Namangan muxandislik texnologiya institutida “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, kabi ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi va shu munosabat bilan hozirgi vaqtgacha mavjud bo’lgan “Saoatda ishlab chikarishini tashkil etish va iqtisodiyoti” kafedrasi negizida “Marketing” kafedrasi ochilishiga zaruriyat paydo bo‘ldi va institutda 2019 yil avgust oyidan “Marketing” kafedrasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Kafedraga mudir etib iqtisod fanlari nomzodi A.Soxadaliyev tayinlandi. Kafedra tarkibida hozirda iqtisod fanlari doktori, professor A.Soliyev, iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar O.S.Kazakov, G`.Madiyarov, B.Dedajanov, L.Ubaydullayev, A.Axmedov, G.Soliyeva, katta o‘qituvchilar R.Karimjanova va M.Kuymuratovalar ish boshladilar. Kafedra ilmiy salohiyati 83,3 %ni tashkil etadi. Professor- o’qituvchilar tomonidan “Marketing” va “Menejment” ta’lim yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda boshqa kafedraga tegishli fanlar buyicha barcha ta’lim yo‘nalishlariga “Menejment”, “Iqtisodiyot va moliyaviy menejment” , “Iqtisodiyot va menejment”, “Menejment va marketing”, “Marketing”, “Marketing tadqiqotlari”, “Brendni boshkarish”,“Marketing kommunikasiyasi”, “Feshion menejment va marketing”, “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti” kabi fanlardan ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlarini olib borilmoqda. Marketing kafedrasi xozirda viloyatimizdagi va Farg’ona vodiysidagi ko‘plab sanoat va boshqa ishlab chiqarish xamda xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan o‘zaro xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi asosidagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik aloqalarida ham faol qatnashib kelmoqdalar. Xususan, Rossiya Federasiyasining Ural Iqtisodiyot Universitetida o‘tgan 2019 yilda tashkil etilgan X-chi xalqaro Yoshlar iqtisodiy forumida dotsent A.Yu.Axmedov xalqaro ekspert sifatida qatnashib tegishli yutuqlarga erishganligini ta’kidlash zarur. X1-Xalkaro Yoshlar Forumiga ham qatnashish uchun RF UIU dan taklifnomalar kelgan. Epizotik vaziyat izga tushishi bilan Xalkaro Yoshlar Forumiga kator professor ukituvchilarimiz va iqtidorli talabalardan iborat delegasiyamizning safari rejalashtirilgan. Olimlarimiz va tadkikotchilarimiz tomonidan kuplab ukuv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish yulida xam izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, dotsentlar O.Kazakov va L.Ubaydullayevlar tomonidan “Iqtisodiyot va menejment asoslari” fanidan 2019 yilda o’zbek tilida va 2020 yilda rusiyzabon talabalar uchun o‘quv qo‘llanma chop etilib, institut axborot resurs markazi fondiga foydalanish uchun topshirilgan. Shuningdek, kafedra dotsenti X. T. Kodirovna ham 2020 yilda “Moliyaviy menejment” va “Finansoviy menedjment” nomli o‘quv qo‘llanmalariga muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan ruhsat olinib chop etishga topshirilgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan xalqaro Scopus/, Web of science kabi ilmiy jurnallarda qator makolalari chop etib kelinmokda. Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda xam faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Axborot texnologiyalar markazi | NamMTI