Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Manzarali bоg’dоrichilik va ko’kalamzоrlashtrish

Kafedra mudiri

Misirоva Surayyo

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Dotsent

Kafedra tarkibi

  • Misirova Surayyo Abdumutalovna – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doлtori (PhD), Dotsent
  • Axmedov Burxoniddin Pasixiddinovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi t.f.n Dotsent
  • Nasritdinov Axmadjon Abduxamidovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi t.f.n Dotsent
  • Hoshimxo‘jaev Madaminxo‘ja Mamatxonovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi t.f.n Dotsent
  • Xusanova Onarxon G‘aybullaevna – Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. (PhD) Dotsent
  • Melanova Nazira Rashidovna – Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. (PhD) Dotsent
  • Abduraxmanov Muxtarali Abduvoxidivich
  • Xuramova Xadicha Mamadovna
  • Qurbonov Ibragimjon Sharifboevich
  • Davlatova Muhabbat Urmanovna
  • Djo‘raev Ismoilxo‘ja Kadir o‘g‘li
  • Xasanova Shoira XXX

Kafedra haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonnomasining 45-bandida “Namangan viloyatida gulchilikni rivojlantirish, shu jumladan, bu sohada Koreya respublikasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, viloyatda gulchilikni rivojlantirishni ilmiy asosda o‘rganish, Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshida kafedra tashkil qilish, har bir tuman hokimligi huzurida gulchilik bo‘limlarini tashkil qilish” keltirilgan. Ushbu bayonnomaning ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida gulchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 16 oktyabr 830-sonli qarorining 5-bandida “Namangan viloyatida zamonaviy landshaft asosida gulzorlar va xiyobonlar barpo etish maqsadida gulchilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlarining talab va extiyojlari asosida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi tashkil etish” masalasi qo‘yildi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirining 2017 yil 20 oktyabrda 778-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-tehnologiya instituti rektorining 2018yil 30 avgustdagi 625-buyrug‘i asosida «Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish» kafedrasi mutaxassislik kafedrasi sifatida 2018 yil 3 sentyabrdan tashkil etildi va shu kunga qadar kafedra mudiri sifatida Misirova Surayyo Abdumutalovna boshqarib kelmoqda.

«Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish» kafedrasi mudiri S.A.Misirova

Kafedrada bugungi kunda 12 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 6 nafari fan nomzodlari, (ulardan olti nafari dotsent), 1 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar assistent va 2 nafar o’quv-yordamchi xodimlar bazaviy ma’lumoti bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda. 2020-2021o’quv yilida kafedraning ilmiy salohiyati 50 % ni tashkil etadi.

Kafedrada 2018-2021 o’quv yilidan 5411200 – “Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlamoqda.

Kafedrada “Botanika va o’simliklar fiziolgiyasi”, “Biofizika”, “Manzarali bog’dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”, “Qishloq xo’jaligi biokimyosi”, “Entomologiya va o’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish”, “Ekologiya”, “Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish”, “Sanoat ekologiyasi” “Kasb maxorati” “Biologiya” “Qishloq xo’jaligi biotexnologioyasi va mikrobiologiya”, “Manzarali o‘simliklar fitopatologiyasi”, “O‘rmon fitopatologiyasi”, “Landshaft taksatsiyasi”, “Landshaft san’ati va qurilishi”, “Gulchilik va gazon barpo etish”, “Manzarali daraxtlarni ko‘paytirish”, “Ko‘kalamzorlashtirishda ilmiy izlanish”, “Intererni ko‘kalamzorlashtirish”, “Bog‘ park qurilishi va loyixalashtirish asoslari”, “Muxandislik geodeziyasi va topografik chizmachilik”, “Manzarali o‘simliklar entomologiyasi”, “Manzarali dendrologiya”, “Axoli yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish”, “O‘rmonchilik” kabi bir qator fanlar o’qitiladi. Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan bo’lib, o’quv mashg’ulotlari zamonaviy axborot vositalari va ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Lola (TulipaL.) o‘simligining bioxilmaxilligi va uni O‘zbekiston sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi Gollandiyada o‘stiriladigan lolaning (Tulipa L.) o‘zbekistonda intraduksiyasi”, “Farg‘ona vodiysi tog‘ va tog‘ oldi xududlarida n foydalanishning bioekologik jixatlari” mavzusidagi DSc va PhD ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra tashkil topgandan 2020 yilga qadar 8 ta monografiya 6 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darslik hamda OAK e’tirof etgan yuqori ipak faktorli jurnallarda 30 ta va o‘zbekiston jurnallarida esa 50dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan xozirgi kunda

2017 yilda Namangan viloyati xokimligi bilan hamkorlikda “Gulchilikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz bilan “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” kafedrasi tashkil topgandan xozirgacha xamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Xususan 2020 yilga qadar amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari:

1. Namangan muhandislik-texnologiya instituti olimlari hamda Gollandiyaning “Ligthart bloemboiien” kompaniyasi bilan hamkorlikda Kosonsoy tumanida lola plantatsiyasi yoki xalqchil tilda aytganda – lolazor barpo etildi va ushbu lolalarni O‘zbekiston lolalari bilan solishtirish va intraduksiyasi yuzasidan adaptatsiya jarayonlarining fenologiyasi, biologiyasi kafedra olimlari tomonidan ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilmoqda.

2. 2019 yil ilmiy tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida kafedradan 2 nafar olimlarimiz Malayziya respublikasida gul etishtirish texnologiyasining mutaxasis olimlari bilan muloqotda bo‘lishdi va malaka oshirib qaytishdi. Malayziya universitetida olingan bilimlarni xozirgi kunda tadqiq qilib “Orxideya gulini in vitro usulda etishtirish texnologiyasi” mavzusida loyixaga Innovatsion texnologiyalar vazirligidan 720 mln miqdorda loyixa yutildi va xozirgi kunda tadqiqot ishlari jadal ketmoqda.

Kafedraning hamkorlik aloqalari

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi bir qator iste’molchilar (ishlab chiqarish korxonalari) bilan xamkorlik aloqalarini shartnoma asosida olib bormoqda, jumladan Namangan viloyati “Agroximoya” DUK, Namangan viloyati “Bioserviz” MCHJ , Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK, Namangan viloyati “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi” Namangan viloyati “Epidimologiya sanitariya dispanseri”, “Ifoda agroximoya” MCHJ va boshqalar.

Ushbu iste’molchilar (ishlab chiqarish korxonalari)da talabalar amaliyotlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv jarayoni jadvaliga mufoviq amalga oshirilib kelinmoqda. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan korxonalarda mavjud texnik-texnologik muammolarni o‘rganish asosida yosh olimlarning ilmiy izlanishlari (PhD), bitiruv malaka ishlari, kurs loyiha va kurs ishlari mavzulari shakllantirilib ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy moddiy-texnika ba’zalaridan ilmiy tadqiqot ishlari hamda “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi”, “Tuproqshunoslik va agrokimyo”, “Manzarali bog‘dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”, “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarining biokimyosi”, “Qishloq ho‘jaligi biotexnologiyasi va mikrobiologiya”, “Entomologiya va o‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish”, “Ekologiya” fanlaridan ayrim laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan viloyati xokimligi bilan hamkorlikda “Gulchilikni rivojlantirish markazi” qoshida “Biotexnologiya” ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etish bo’yicha bino loyihasi va olinishi kerak bo’lgan zamonaviy jihozlar ruyhati va ularning joylashishi tayyorlandi. Zamonaviy laboratoriya jihozlarini o’rganish va in vitro (steril sharoitda alohida idishlarda o’simliklarni ko’paytirish) sharoitida o’simliklarni mikroklonal ko’paytirish va xromosomalar nabori gaploid to’plamli o’simliklar avlodlarini olish bo’yicha halqaro andozalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishni o’rganish maqsadida NamMTIdan Biologiya ilmiy-tadqiqot institutiga stajirovkaga 10 ta yosh mutaxassis xodimlar yuborildi.

Kafedra jamoasi taklifiga ko’ra, 2019 yil NamMTIga Malayziya davlatidagi Malay Universitetidan Rossna va Sakina xonimlar tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif yuzasidan turli davra suxbatlari o‘tkazildi va ilmiy ishlar yuzasidan bir nechta loyixalarni amalga oshirish rejalashtirildi va Malay universitetiga taklif qilishdi.

Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedrada professor-o’qituvchilari va kafedra tasarrufidagi akademik guruhlar talabalari institutda o’tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Kafedra guruh murabbiylari biriktirilgan akademik guruhlarda murabbiylik va axborot soatlarini muntazam o’tkazib kelishmoqda. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida kafedrada “yosh gulchilar” to’garagi mavjud, talabalar turli o’quv kurslariga qatnashmoqda, talabalar turar joyida “Kafedra kuni” tadbirlari tashkil etilgan.

Xususan, 2018 yil 10 noyabr kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston qaxramonlari bilan kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida o‘tkazilgan davra suxbati talabalarda juda katta ta’surot uyg‘otdi va ilm fanga qiziqishlari ona yurtga bo‘lgan mehr muxabbati yanada ortishiga sabab bo‘ldi.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »