1. Oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan keyingi ta’limni olishga talabalarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat komissiyasining 2008 yil 13 avgustdagi 15-son bayoni bilan tasqiqlangan. «O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limini olish tartibi to`g`risida NIZOM» ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
2. Oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar quyidagi ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olishlari mumkin:
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin bo‘lgan turdosh magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqiga ega ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda oliy ta’lim muassasalarida ularning bakalavriat va magistraturasiga qabul ko‘rsatkichlari real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun malakali kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojga hamda ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun abituriyentlar qabulini ta’lim muassasasi qabul komissiyasi amalga oshiradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari ta’lim muassasasi uchun muayyan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘rnatilgan qabul rejasidan (muvofiq ravishda bakalavriat va magistratura bo‘yicha) ortiq bo‘lishi mumkin emas.
4. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.
5. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun hujjatlar 20 iyuldan 20 avgustgacha qabul qilinadi.
6. Ta’lim muassasasining qabul komissiyasi kiruvchilarning bilim darajasini baholash maqsadida shakli va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladigan sinovlar o‘tkazish huquqiga ega.
7. Ta’lim muassasasi quyidagilarni mustaqil hal qiladi:
8. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarni talabalar safiga qabul qilish ta’lim muassasasining qabul komissiyasi qaroriga asosan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, 15 sentyabrdan kechiktirilmay ta’lim muassasasining rektori (direktori) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.