“Dekan kubogi” musobaqasi o’tkazildi

Namangan muxandislik texnologiya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha joriy yilning 6-9 aprel kunlari “Dekan kubogi-2021” musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur kichik chemionatda fakultetdagi mavjud 1-bosqich guruhlarining jamoalari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijaga ko‘ra, “Buxgalteriya xisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 11vu-20 guruh talabalari faxrli 1-o‘rinni, “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi 14u-20 guruh talabalari 2-o‘rinni, shu ta’lim yo‘nalishining 14vu-20 guruhi talabalari esa faxrli 3-o‘rinni egallashdi. “Dekan kubogi-2021” musobaqasi g‘olibi 11vu-20 guruhi talabalarini TABRIKLAYMIZ!

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »