Qabul vaqti:
Har kuni, 9:00-17:00
Telefon:
Faks:
E-Mail:
Muovun – —
Muovun – Aliyev Elmurod Botirjonovich
Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Sirtqi” bo`lim – ushbu oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. “Sirtqi” bo`limi institut Ilmiy Kengashining 2018 yil 20 noyabrdagi 2-sonli qarori hamda oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda institut rektorning buyrug’i bilan tashkil etilgan.
Sirtqi bo‘lim O‘zbekistan Respublikasining “Ta’lim to`g`risidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tugrisida”gi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 21 noyabr 2017 yilda “Oliy ta’lim muassasasida Sirtqi (maxsus Sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tugrisida”gi nizomlarni tasdiqlash xaqidagi №930-sonli qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib Namangan muxandislik-texnologiya institutida bakalavriat ta’lim yo`nalishlari bo`yicha Sirtqi bo‘lim faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Sirtqi bo`limi ta’lim shakli bo`yicha ta’lim dasturlarini bajarish, ta’lim faoliyatini olib borish bilan shug‘ullanadi.
Sirtqi ta’lim quyidagi shakllarda: Sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishni Sirtqi shaklida olib boradi.
Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Namangan muxandislik-texnologiya instituti rektori buyruqlari xamda Nizomga amal qiladi.
Bo`limda jami 4701 nafar, shulardan 3787 nafari o`g`il, 914 nafar ayollar tahsil olishmoqda.
№ | Ta`lim yo`nalishi nomi |
1. | 5111000 Kasb taʼlimi (Iqtisodiyot) |
2. | 5150900 Dizayn (turlari bo‘yicha) |
3. | 60310100, 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
4. | 60411200, 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5. | 60412500, 5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
6. | 60410100, 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) |
7. | 60710600, 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
8. | 60711300, 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) |
9. | 60711400, 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) |
10. | 60720700, 5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) |
11. | 5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) |
12. | 60720100, 5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) |
13. | 5321200 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo turlari bo‘yicha) |
14. | 5410500 Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi |
15. | 60610200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
16. | 60721300 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo va jarayon turlari bo‘yicha) |
17. | 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) |
mutaxasisliklari bo‘yicha talabalari tahsil olishadi.