Telefon:
Faks:
E-Mail:
Namangan muxandislik texnologiya institutining «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» kafedrasi mutaxassislik kafedrasi sifatida 2005 yilda qayta tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida 2005-2007 yillarda q.x.f.n., dots. A.Merganov kafedra mudiri, 2007-2009 yillarda t.f.n. T.Mamatov kafedra mudiri, 2009-2015 yillarda q.x.f.n., dots .A.S.Mirzaev kafedra mudiri, 2015-2019 yillarda t.f.n., dots. T.L.Xudayberdiev kafedra mudiri bo‘lib faoliyat olib borishgan.
2019 yil sentyabrdan hozirgacha kafedrani t.f.n., dots. B.Norinboev boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 2001-2002 o‘quv yilidan 2010 yilgacha 5620500–Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. 2011 yilga kelib Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan o‘zgarishlar hisobiga 5410500–Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2017 yildan boshlab 5A5410501–Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavot mahsulotlari) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Kafedrada “Mutaxassislikka kirish”, “Dehqonchilik va melioratsiya”, “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”, “Tuproqshunoslik va agrokimyo”, “Q/x mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”, “Chorvachilik va ipakchilik”, “Agrologistika”, “O‘simlikshunoslik”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlari”, “Mevachilik va sabzavotchilik”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlashda qadoqlash va qadoqlash materiallari”, “Himoyalangan joy sabzavotchiligi”, “Subtropik va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini sensorik baholash”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tovar ishlov berish”,”Fitopatologiya”,” Agrometrologiya” kabi bir qator fanlar o‘qitiladi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy axborot vositalari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.