Ushbu kurslar talabalarga huquqiy bilimlar berish, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Dastlabki dars mashg‘uloti institutning Jismoniy tarbiya va Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Alixanov tomonidan olib borildi. Dars davomida inson huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida keng qamrovli tushuntirishlar...
NamMTI talabalari Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniyiddin Nizomxo‘jayev bilan uchrashuvda faol ishtirok etishdi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniyiddin Nizomxo‘jayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda faol ishtirok etishdi. Uchrashuvda MSK Raisi yurtimizda joriy etilgan yangi saylov tizimi, xususan, majoritar-proportsional saylov tizimi, va uning saylovchilar huquqiy ongini oshirishdagi ahamiyati haqida talaba-yoshlarga batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tarixida...
Malayziya universitetlari bilan hamkorlik: NamMTI talabalariga global ta’lim eshiklari ochilmoqda
2024-yilning 17-sentyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida Malayziya Xalqaro islom iniversiteti Muhandislik fakulteti dekani doktor Xayrul A‘zami Siddiq bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida rektor O.Mamatkarimov Malayziya oliy ta'lim muassasalari bilan mustahkamlangan ko‘p yillik hamkorliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2019-yildan buyon NamMTI va Malayziya universitetlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan o‘zaro...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan o’quv seminari tashkil etildi.
Unda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Ma'rufjon Qayumov hamda rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev ishtirok etishdi. Seminar asosan institutning Yoshlar bilan ishlashga mas'ul bo'lgan xodimlari, jumladan, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari va xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari uchun mo'ljallangan edi. Seminar davomida talabalarning...
NamMTI rektori birinchi bosqich magistrlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Mamatkarimov institutning birinchi bosqich magistrlari bilan maxsus uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu tadbirning maqsadi magistrlar bilan ilmiy faoliyatlarini muhokama qilish va kelgusidagi rejalariga tegishli tavsiyalar berish edi. Rektor uchrashuv davomida magistrlar uchun yaratilgan ilmiy salohiyat va resurslardan unumli foydalanish zarurligini ham alohida ta’kidladi. U ilmiy laboratoriyalar,...
“Xon atlas” haftaligi doirasida “O‘zbek milliy liboslari kuni” nishonlandi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida 12-sentabr kuni milliy libosdagi qizlar atlas va adrasdan tikilgan kiyimlarni kiyib, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilishdi. Ushbu tashabbus o‘zbek xalqining boy merosini namoyish etish va yoshlarda milliy liboslarga hurmatni oshirish maqsadida amalga oshirildi. Talabalar orasida milliy libosdagi qizlar yorqin va rang-barang kiyimlarda institutning turli joylarida ko‘rinish berib,...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida xorijlik talabalar uchun o‘quv jarayonlari boshlandi
2024/2025 o‘quv yilida Namangan muhandislik-texnologiya institutida xorijlik talabalar uchun o‘quv jarayonlari muvaffaqiyatli boshlandi. Ushbu muhim voqeaga bag‘ishlangan tadbirda institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, talabalarga samimiy tilaklarini bildirdi va ularning o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladi. Joriy yilda institutga Bangladesh, Falastin, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Zambiya kabi davlatlardan jami 16 nafar xorijlik...
Namangan shahar hokimi va yoshlar ishlari agentligi rahbari NamMTI talabalariga Mustaqillik darsini o‘tdi
Namangan muhandislik-texnologiya Institutida o‘zgacha ruhda boshlangan yangi o‘quv yilining ilk kunlarida institutning bitiruvchilari Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev hamda Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mirzatovlar talabalar uchun esda qolarli dars o‘tib berishdi. Ular “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusidagi mustaqillik darsi orqali talabalarga mustaqillik...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tarosim bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Ushbu muhim tadbirda institut rektori, Namangan viloyati kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov, Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov va bir qator boshqa hurmatli mehmonlar ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqan Odiljon Mamatkarimov yangi o‘quv...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida yangi 2024/2025-o‘quv yiliga Talabalar turar joylarini tayyorlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Namangan muhandislik-texnologiya institutida institut ma’sullari tomonidan joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab institutning kirish joylarida barcha axborotlarni o‘z ichiga olgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etildi. Ma’lumotlar markaziga institut yoshlar kengashi koordinatorlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarini volontyorlar sifatida jalb etgan holda muammolarni joyida hal etib, murojaatchilarning...