Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Namangan yetakchilari forumi" bo'lib o'tdi. Tadbir viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari va koordinatorlarini bir joyga to'pladi. Forumda koordinatorlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida turli mavzular spikerlar tomonidan muhokama qilindi. Forumning dastlabki qismida tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Shundan so'ng, institutning birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov so'zga chiqib,...
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
Avtomatika va energetika fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Davlat tili – milliy iftixorimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda o‘zbek tilining jamiyatimizdagi o‘rni, uning milliy g‘ururimiz sifatidagi ahamiyati va yoshlar orasida tilni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning ravnaqi uchun yoshlarga mas'uliyatni...
Ilm va tarbiya fidoyisi: Obidjon Abdilalimovning ilmiy olamdagi yo‘li
Hayotda o‘z taqdirini hal qiluvchi shaxslar bor. Obidjon Abdilalimov ham shubhasiz, ana shunday yetuk insonlardan biri bo‘lib, uning ilm-fan, ta'lim va tarbiya yo‘lidagi xizmatlari yuksak qadrlanadi. Uning hayoti va ijod yo‘li yurtimizning ilmiy merosiga, kelajak avlodlarni tarbiyalashga bag‘ishlangan. Ustoz Abdilalimov nafaqat o‘qituvchi, balki haqiqiy yo‘lboshchi, bilim fidoiysi sifatida namuna bo‘lgan....
NamMTI va Ankara Yildirim Beyazit universiteti o‘rtasida TIKA dasturi doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Turkiyaning nufuzli Ankara Yildirim Beyazit universiteti bilan TIKA dasturi doirasida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Ushbu kelishuv doirasida ikki tomonlama ilmiy loyihalarni amalga oshirish va turli sohalarda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, TIKA dasturi xalqaro turk tashkiloti bo‘lib, u ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq...
Ustoz va murabbiylar kuni munosib tarzda nishonlanmoqda.
Namangan muhandislik-texnologiya institutining Kimyo-texnologiya fakultetida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram dasturi o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Dastlab institutimizning o'quv ishlari bo'yicha prorektori Mirzohid Bekmirzayev so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning o‘quv jarayonidagi beqiyos mehnatini alohida ta’kidladi. Bu kun ilm-ma'rifat yo‘lida o‘z hayotini bag‘ishlagan ulug‘larimizni...
Milliy tiklanish partiyasi saylovda ilk bor qatnashadigan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Uchrashuvda partiyaning viloyat va shahar Kengashlari a’zolari, jamoatchilik vakillari hamda institut talabalari, xususan, saylovda ilk bor ishtirok etadigan yosh saylovchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida partiyaning kelgusi besh yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari va "Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot" g‘oyasi...
Favqulodda holatlar bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkor evakuatsiya va xavfsizlik choralarini amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotdan avval Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari talabalar bilan uchrashib, turli favqulodda holatlar sodir bo‘lganda nima qilish kerakligi bo‘yicha muhim tushunchalar berdi. Ushbu tushuntirishlar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri...
Talabalar xavfsizligi kuni munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi
Namangan muhandislik-texnologiya institutining Avtomatika va Energetika fakultetida talabalar xavfsizligi kuni doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institutning profilaktika inspektori, psixolog, Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komlaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi vakillari hamda fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida talabalarga xavfsizlik choralari, qonunbuzarliklarning oldini olish va o'zlarini himoya qilish usullari...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.
Ushbu musobaqada institutimizning barcha fakultetlaridan 20 dan ziyod jamoalar ishtirok etib, adiblar hayoti va boshqa qiziqarli mavzularda o'z bilimlarini ko'zdan kechirishdi. Jamoalar o'z bilim va fikrlash tezligini sinab, yuqori intellektual salohiyatlarini namoyish etdilar. Musobaqa intellektual salohiyatni rivojlantirish, bilimli yoshlarni rag'batlantirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar yuqori bilim...
NamMTI professori Belarus milliy texnika universitetida dars bermoqda
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi professori Ahmadjon Nasriddinov Belarus milliy texnika universitetida Lanshaft arxitektura fanidan talabalarga dars mashg‘ulotlarini o‘tmoqda. U yerda xalqaro stajirovka doirasida tajriba almashish jarayonida ishtirok etmoqda. Professor Nasriddinov Lanshaft arxitektura fanida o‘zining nazariy bilimlari va amaliy tajribalarini belaruslik talabalarga yetkazmoqda. U darslarda ekologik muhitni...