Namangan muhandislik-texnologiya institutida tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik dasturlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtihonlar boshlandi. Ushbu imtihonlar kelajakdagi olim va izlanuvchilar uchun muhim qadam bo‘lib, ilmiy yutuqlarga yetaklaydigan yo‘lda dastlabki sinovlardan biridir. Ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi...
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlariga ariza topshirgan talabgorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlarida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, ilmiy izlanishlar yo‘lidan borishga bel bog‘lagan talabgorlarga omad tiladi. Uchrashuvda rektor O.Mamatkarimov sinov jarayonlarining xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash, talabgorlarning ilmiy faoliyatda erkin va samarali...
Oziq-ovqat yo’nalishi uchun yangi laboratoriya ishga tushirildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarning bilimlarini amaliyotda sinash va mustahkamlash maqsadida “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishida yangi “Tomat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy laboratoriya joriy yilning 20-iyun kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan biri sifatida tashkil etilib, muhandislik yo‘nalishidagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Laboratoriya...
“Robototexnika va Mehatronika” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Robototexnika va mehatronika” yo‘nalishida eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya foydalanishga topshirildi. Ushbu markazning tashkil etilishi 20-iyun kuni davlat rahbari raisligida muhandislik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning amaliy ijrosi sifatida amalga oshirildi. Yangi markazda “Avtomatika va energetika”, “Robototexnika...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi.
11-noyabr – Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladi. Ushbu musobaqa o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va institut xodimlari orasida yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi....
Rahbar, professor-o‘qituvchilar va innovator yoshlar uchrashuvi Namangan muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangi istiqbollarni muhokama qilish maqsadida rahbar, professor-o‘qituvchilar va innovator yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat G‘affarov ham ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari birlashib, ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va ta’lim...
OCHIQ DARS
Namangan muhandislik texnologiya instituti, Avtomatika va energetika fakulteti, Informatsion texnologiyalar kafedrasi assistenti Temirov Qudratali Abduvahob oʻgʻlining 2024-yil 14-noyabr kuni 3-juftlikda 21b-21 guruhida Elektronika va sxemotexnika fanidan “Nanoelektronikaning asosiy masalalari. Kvant o’lchamli strukturalar” mavzusida 1/148-xonada ochiq dars boʻlib oʻtadi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti va kasb-hunar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti va institutga biriktirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish va faoliyat samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida muhim Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat asosida Pop 3-son politexnikumi, Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi, To‘rqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi, Uychi 2-son politexnikumi, Mingbuloq yengil sanoat texnikumi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli Farmoni ijrosini: Namangan muhandislik-texnologiya institutida o’quv seminari o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va kasb-hunar ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan viloyatdagi texnikum va politexnikumlar rahbarlari uchun seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda Namangan viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat G'affarov hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etdi. Farmonga...
Ochiq dars mashg’uloti
5.11.2024 kuni 4-juftlikda “Metrologiya,standartlashtirish va sifatni boshqarish” kafedrasi assistenti N.T.G’ofurov tomonidan 7bs-21 guruhida “Paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdorini aniqlash” mavzusida talim texnologiya asosida ochiq dars mashg’uloti o’tqaziladi. Barcha professor-o’qituvchilarini taklif etamiz. 9-bino 412-xona N.T.G’ofurov