Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar va xonadonlarda ijarada yashayotgan institut talabalarining yashash sharoitlarini yaqindan o‘rganish maqsadida ularga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor talabalar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning kundalik yashash sharoitlari va duch kelayotgan muammolari haqida ma’lumot oldi. Rektor talabalar darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini qanday...
NamMTI va AQSH Fulbright dasturi hamkorligida ilmiy Workshoplar davom etmoqda.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) hamda AQSHning Fulbright dasturi hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma loyihalar doirasida turli mavzularda ilmiy seminar va suhbatlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar AQSHning Liberty universitetidan ilmiy tadqiqotchi David Leffler hamda Pittsburg universitetidan ilmiy tadqiqotchi Jacklyn Sharp bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu seminarlar talaba va ilmiy xodimlarga zamonaviy ilmiy tadqiqot...
Avtomatika va energetika fakultetida «Besh tashabbus olimpiadasi» hamda «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining fakultet saralash bosqichlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu musobaqalar yoshlarning jismoniy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Olimpiada turli yo‘nalishlarda tashkil etilib, yoshlarni innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga, texnik va ilmiy yutuqlarni...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi Ilmiy Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda institutning akademik va ilmiy faoliyatini takomillashtirish, talabalarning ilmiy izlanishlari va professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Institut rahbariyati, fakultet dekanlari va yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan yig‘ilishda, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha yangi takliflar bildirildi. Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar...
Maxsudov Sherzod Solijonovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasihimoyasito‘g‘risida
Maxsudov Sherzod Solijonovichning 08.00.13 – Menejment hamda 08.00.03 –Sanoat iqtisodiyoti tutash ixtisoslilar bo‘yicha «O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatida investitsiya jarayonlarini boshqarish» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi PhD.03/27.05.2020.I.66.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 12...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida AQShning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taklif qilingan mutaxassislar o‘z faoliyatini boshladi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida AQShning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar o‘z faoliyatini boshladi. Liberty universitetining Axborot resurs markazi mutaxassisi David Leffler hamda Pitsburg universiteti ilmiy tadqiqotchisi Jacqueline Sharp AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va NamMTI o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik loyihalari doirasida institutga taklif etildi. Institut rektori Odiljon Mamatkarimov xorijiy mutaxassislarni iliq...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Namangan yetakchilari forumi” boʻlib oʻtdi.
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Namangan yetakchilari forumi" bo'lib o'tdi. Tadbir viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari va koordinatorlarini bir joyga to'pladi. Forumda koordinatorlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida turli mavzular spikerlar tomonidan muhokama qilindi. Forumning dastlabki qismida tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Shundan so'ng, institutning birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov so'zga chiqib,...
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
Avtomatika va energetika fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Davlat tili – milliy iftixorimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda o‘zbek tilining jamiyatimizdagi o‘rni, uning milliy g‘ururimiz sifatidagi ahamiyati va yoshlar orasida tilni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning ravnaqi uchun yoshlarga mas'uliyatni...
Sirtqi bo’lim talabalari diqqatiga!!!
O’ktamaliyev Bekzod Ikromjon o’g’lining PhD himoyasi to’g’risida
O’ktamaliyev Bekzod Ikromjon o’g’lining 01.04.10-“Yarimoʻtkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bоʼyicha «Yarimo’tkazgich xossasiga ega TiO2 asosli Li-polimer batareyalarining tayyorlash texnologiyasi va elektrofizik xarakteristikalari» mavzusidagi (texnika fanlari bоʼyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Namangan muhandislik – texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengash 2024 yil 2 noyabr kuni soat 1200 dagi...