T/r | Ixtisoslik shifri va nomi | DSc | PhD | Stajyor-tadqiqotchi |
01.01.01 – Matematik analiz | – | 1 | – | |
01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi | – | 1 | – | |
01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika | – | 1 | – | |
01.04.10 – Yarimoʻtkazgichlar fizikasi | – | 4 | 1 | |
02.00.05 – Tsellyuloza va sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi | – | 1 | – | |
02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar | – | 2 | – | |
02.00.07 – Kompozitsion, lokboʻyoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi | – | 1 | – | |
02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi | 1 | 1 | 1 | |
02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi | 1 | 4 | 1 | |
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi | 1 | 4 | – | |
02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi | 1 | 2 | 1 | |
02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari | – | 2 | – | |
02.00.17 – Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi | 1 | 4 | – | |
05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish | – | 4 | – | |
05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari | 1 | 6 | – | |
05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish | – | 2 | – | |
05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti | – | 2 | – | |
05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar | – | 1 | – | |
05.05.04 – Sanoat issiqlik energetikasi | – | 1 | – | |
05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari | – | 1 | – | |
05.06.01 – Toʻqimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi | – | 2 | – | |
05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish | 1 | 8 | – | |
05.06.03 – Teri, moʻyna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi | – | 1 | – | |
05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni | – | 4 | – | |
06.01.09 – Oʻsimliklarni himoya qilish | – | 2 | – | |
06.01.11 – Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash | – | 4 | – | |
08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti | – | 1 | – | |
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit | – | 1 | – | |
08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | – | 1 | – | |
08.00.13 – Menejment | – | 4 | – | |
08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 1 | 4 | – | |
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | – | 4 | – |
Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (DSc, PhD) hamda stajor-tadqiqotchilikka kirishni xohlovchi talabgorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi
304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keying ta’lim to’g’risidagi” Nizomda keltirilgan quyidagi hujjatlarni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son Qaroriga muvofiq xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xorijiy sertifikatlarni elektron tarzda https://phd.mininnovation.uz/ sayti orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabr (shu kuni ham) qadar taqdim etishlari kerak.
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
*nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat (OTFVI vazirligining 2023 yil 23-martdagi 65-son buyrug’i ilovasida keltirilgan ro’yxat asosida);
* – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi zarur.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
** nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat (OTFVI vazirligining 2023 yil 23-martdagi 65-son buyrug’i ilovasida keltirilgan ro’yxat asosida);
**- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lishi zarur
Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2022 yil 1 – 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikda o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari va suxbatlarda ishtirok etadilar.
Doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy, 3-o’quv binosi, 4-qavat
Tel. +998943097790 (Shohruxmirzo Mahsudov)
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.