Xabaringiz bor, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni vaqtda Turkiya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turishibdi.
Vakillarimiz Turkiya davlatidagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan ham mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Aster Textile” hamda “Omafil” ipchilik fabrikasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ilmiy tomondan o‘rganish, professor-o‘qituvchilarni stajirovkalarga yuborishga kelishib olindi.
Shuningdek, korxona rahbariyati bilan ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini muhokama qilishdi. Talabalarni bilimini oshirish, ta’lim sifatini ko‘tarish bo‘yicha fikrlar almashildi.