Namangan muhandislik-texnologiya institutining Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Fayzullayev xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar almashinuvi dasturi”da ishtirok etmoqda va o‘z o‘qishini xorijda davom ettirmoqda.
- Bu dastur menga ko‘p imkoniyat eshiklarini ochib berdi. Men Misr, Lotin Amerikasi, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardagi tengdoshlarim bilan bir safda ta’lim olmoqdaman. Nasib qilsa tez orada sevimli oliygohim, Namangan muhandislik-texnologiya institutiga qaytib, o‘qishimni davom ettiraman – deydi Dostonbek.
Aytish kerakki, har yili bir necha o‘nlab talaba-yoshlar dunyoning 18 davlatlaridagi 45 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan biriga mazkur dasturda ishtirok etish uchun borishadi. 2022 yil davomida ham bu kabi loyihalar faol davom ettirilishi rejalashtirilgan.