Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Markaziy Osiyo chempioni!

Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasining Osh shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli chempionatda 10 ta vazn toifasi bo‘yicha 800 dan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etishdi. Ular orasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti Muhandislik-texnologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Abdurahmon Fazliddinov 63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilib Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridagi raqiblarini taslim etgan holda, Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi. Faol, tashabbuskor sportchi talabamizni yuksak natija bilan samimiy qutlaymiz!

Translate »