Namangan muhandislik-texnologiya institutining Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi o’qituvchi va talabalaridan iborat deligatsiyasi Qirgʼiziston Respublikasining M.M.Adishev nomidagi Oʼsh davlat universitetida hamkorlik safarida bo’lib turibdi.
Mazkur safar Oʼsh davlat universiteti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti oʼrtasida talabalar hamkorligi hamda almashinuvi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar davomi bo’lib, bundan tashqari yosh olimlar oʼzaro ilmiy-amaliy hamkorliklarini yanada mustahkamlash kabi vazifalarni ham maqsad qilingan.