2021 yil 19-noyabr kuni soat 9:00 da Namangan muhandislik- texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy seminari o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Shu kuni Shog’ofurov Shaxbozjon Shokirjon o‘g‘lining “Yassi ignadonli trikotaj mashinalarida shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” va Qosimov Axtam Akramovichning “Ko‘p qatlamli murakkab to‘qimalarning shakllanish jarayonini matematik modellashtirish” mavzularidagi “05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo’yicha Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining muhokamasi bo’lib o’tadi.
Seminar Namangan muhandislik-texnologiya institutining 3-bino 313-ilmiy seminar xonasida o’tkaziladi.