Joriy yilning 9-11 noyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va O‘zcharm sanoat assotsiatsiyasi bilan xamkorligida “Yosh dizaynerlar” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakultetining bir qator iqtidorli talabalari munosib ishtirok etishdi. Tanlovda ishtirok etgan talabalarimizning bir nafari 1-o‘rin, bir nafari 2-o‘rin, ikki nafari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talabalarimizning ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.