Iqtisodiyot fakulteti dekani Ibragimov Isroil Usmanovich boshchiligida fakultet tyutorlari ijarada yashovchi talabalarning sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tashriflar tashkil qilindi.
Tashrif davomida qish mavsumida ehtiyot bo‘lish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarga xavfsizlik qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib, ushbu mavzu yuzasidan savol-javob shaklidagi ochiq suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, talabalar ijara joyining issiqlik ta’minoti holati ham ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning xavfsizligi va qulay yashash muhitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.