Talabalar turar joyida “NamMTI Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti 2-sonli talabalar turar joyida yoshlar ittifoqi koordinatorlari tashabbusi bilan talabalar uchun “NamMTI Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalarning bilimini sinash va ularda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda talabalar turli yo’nalishlar bo‘yicha savol-javoblarda ishtirok etishdi. Har bir savol talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ham sinovdan o‘tkazdi. Jamoalar o‘rtasidagi raqobat qizg‘in tus oldi, bu esa o‘yinga yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur intellektual o‘yin talabalar o‘rtasida ilmiy va ijodiy faollikni oshirishga katta turtki bo‘ldi. O‘yin ishtirokchilari bunday tadbirlar ko‘proq o‘tkazilishini istashlarini bildirgan holda, o‘zlarining yutuqlarini baham ko‘rishdi.

Translate »