
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Namangan viloyati saralash bosqichida yuzlab iqtidorli qizlar orasidan eng munosiblari tanlab olindi. Endi esa viloyatimizdan Respublika bosqichida ishtirok etadigan iqtidor egalari orasida NamMTI 1-bosqich magistranti Xoldarova Gulsanam Akramjon qizi ham bor!

Mukofot 14-30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yutuqlarini e’tirof etishga qaratilgan. Unda adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim, fan, sport, jamoatchilik va IT yo‘nalishlarida katta natijalarga erishgan qizlar qatnashadi.
Biz Gulsanamga Respublika bosqichida ulkan zafarlar va muvaffaqiyat tilaymiz!
U o‘zining iqtidorini namoyon etib, bizni yana bir bor faxrlantirishi va yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.