Namangan muhandislik-texnologiya institutida muhim «Yo‘l qoidasi – umr foydasi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda «Yo‘l qoidasi – umr foydasi» mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Tadbirda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Mutaxassislar talabalarga yo‘l harakati qoidalarining hayotiy ahamiyati va ularni buzish oqibatida kelib chiqadigan xavf-xatarlar haqida batafsil tushuntirish berdi. Hayotiy misollar orqali yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati ta’kidlanib, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish nafaqat bizning, balki atrofimizdagilarning hayoti va xavfsizligi uchun ham muhimdir. Unutmaylik, yo‘l qoidasi – umr foydasi!

Translate »