Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b. professor Oybek Ergashev talabalar yashayotgan ijara xonadonlarga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida talabalar duch kelayotgan muammolar, jumladan, yashash joylarining issiqlik ta’minoti va boshqa qulayliklar masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalar bilan muloqotda ularning ehtiyoj va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur tashrif institut rahbariyatining talabalar turmush darajasini yaxshilashga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvini yana bir bor ko‘rsatdi. Talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yo‘lida ishlanmalar davom ettiriladi.