Namangan muhandislik-texnologiya institutida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Musobaqalar davomida talabalar kamondan otish, workout maydonchasida turnikda tortilish va brustda turli xil mashqlarni bajarish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ushbu faoliyat talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kuzatilib, har bir ishtirokchiga ruhiy dalda bo‘ldi.
Bunday sport tadbirlari nafaqat jismoniy chiniqishni, balki harbiy sohani yanada yaqinroq o‘rganishga turtki beradi. O‘tkazilgan musobaqa talabalarda harbiy-vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamladi va ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
🇺🇿 Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbir barcha ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun yorqin xotira bo‘lib qoldi.