Namangan muhandislik-texnologiya instituti birinchi prorektori Ma’rufjon Qayumov boshchiligida mutasaddilar, tyutorlar va talabalar “Dinamo” majmuasida viloyat IIB tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etishdi.
Vatan himoyachilari kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir ichki ishlar tizimidagi maxsus texnikalar, qurol-aslahalar va himoya vositalarining namoyishi bilan talabalar va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning ichki ishlar tizimi faoliyati haqida chuqurroq ma’lumot olishlari va Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini oshirishiga xizmat qiladi.
Tadbir barcha ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi.