Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlar, birinchi prorektor Ma’rufjon Qayumov hamda institut rektorining ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mamatxon Xodjayev ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida yoshlar orasida ma’naviy tarbiya va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish, institutda yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilish yoshlar bilan ishlashning yangi yondashuvlarini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘lib, institutda ma’naviy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Translate »