Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo-texnologiya fakultetida ota-onalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda birinchi prorektor M.Qayumov, institut rektorining maslahatchisi M. Xodjayev, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Zokirjonov, fakultet dekani O. Mallabayev, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda fakultet faoliyati va o‘quv jarayonlari haqida, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, uning oldini olishda ota-onalar va yoshlarning roli haqida so‘z yuritildi.
Tashrif davomida ota-onalar o`izni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.