Namangan muhandislik-texnologiya instituti delegatsiyasi Belarus Milliy texnika universitetining Axborot texnologiyalari va robototexnika fakulteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va ilmiy loyihalar doirasida birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarida istiqbolli loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, arxitektura muhiti dizayni va texnologik sohalarda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy-ta’lim salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘lib, institutimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati