“Ipoteka bank” Namangan viloyati filiali bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlanmoqda.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.b professor Oybek Ergashev “Ipoteka bank” Namangan viloyati filiali rahbariyatini qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va institutidagi mavjud iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Tomonlar institut talabalari uchun “Ipoteka bank” Namangan viloyati filialida uzoq va qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish, dual ta’lim asosida o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bank sohasida ustoz-shogird an’analari orqali yosh mutaxassislarga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarida kelishuvlarga erishdilar. Ushbu hamkorlik talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini boyitib, ularni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »