Mazkur tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Gʻulomjon Murodxo‘jayev va viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat Gʻaffarovlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, institut rektori Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangani e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimov 2009-yildan buyon institut rektori sifatida faoliyat yuritib, ta’lim va ilmiy innovatsiyalar sohasida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Uning rahbarligi ostida institut mintaqaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.
Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
- Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat olib kelgan Ergashev Oybek Karimovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
- Iqtisodiyot fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritib kelgan Matkarimov Kamoliddin Juraboyevich esa institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Matbuot xizmati.