Talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari o‘rganildi

2024 yil 30 oktyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya instituti Korrupsiyaga qarshi kurash va Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Zokirjonov institutning 2-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlarini yaqindan o‘rgandi.

Mazkur tashrif davomida u talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni va turar joydagi muhitni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Talabalar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularning ehtiyoj va takliflari tinglandi. Shuningdek, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

         Institut talabalari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan bu kabi tashabbuslar davom etadi.

Translate »