Namangan muhandislik- texnologiya instituti talabalari Xorazmning qadimiy Xiva shahriga amalga oshirgan sayohatlari davomida shaharning tarixiy merosi va bejirimligini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xiva shahrining me’moriy yodgorliklari, qadimiy qal’alar va masjidlar talabalarda katta tasurot qoldirib, ularni tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Shaharning o‘ziga xos arxitekturasi va tarixiy joylari talabalarga Xiva va uning o‘tmishi haqida keng tasavvur hosil qildi.