Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish va sportga qiziqishini oshirish maqsadida burust va turnik bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, birinchi prorektor Ma’rufjon Qayumov hamda rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayevlar ishtirok etib, talabalar faoliyatini yaqindan kuzatdilar va ularning intilishlariga yuksak baho berdilar.
Ushbu musobaqa talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu kabi tadbirlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda ham muhim ahamiyatga ega.
Musobaqa natijalari:
Turnik:
- 1-o‘rin: Qodirov Izzatbek (Muhandislik-texnologiyasi fakulteti), Egamnazarov Asadbek (Avtomatika va energetika fakulteti), Abdusaidov Abduraxmon (Avtomatika va energetika fakulteti) – 26 ta tortilish
- 2-o‘rin: O‘lmasov Mirxalil (Iqtisodiyot fakulteti), Eshonov Azizbek (Muhandislik-texnologiyasi fakulteti) – 24 ta tortilish
- 3-o‘rin: To‘xtabayev Zuhriddin (Iqtisodiyot fakulteti), Yuldashev Sanjar (Avtomatika va energetika fakulteti) – 23 ta tortilish
Burust:
- 1-o‘rin: Abduqahhorov Bekzod (Iqtisodiyot fakulteti)
- 2-o‘rin: Rustamov Akmaljon (Iqtisodiyot fakulteti)
- 3-o‘rin: Muminov Jaloliddin (Iqtisodiyot fakulteti)
Tabriklaymiz! Ushbu g‘oliblar talaba yoshlarga o‘rnak bo‘lib, ularning sportga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati