Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu musobaqalar yoshlarning jismoniy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Olimpiada turli yo‘nalishlarda tashkil etilib, yoshlarni innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga, texnik va ilmiy yutuqlarni qo‘lga kiritishga rag‘batlantiradi. “Talabalar ligasi” sport musobaqalari esa talabalarda jamoaviy ruhni shakllantirish va sog‘lom raqobatni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Ochilish marosimi talabalar uchun ruhlantiruvchi muhit yaratdi va musobaqalarga yuqori tayyorgarlik bilan kirishishlari uchun ilhom berdi. Saralash bosqichlari davomida talabalarning sport va bilim sohasidagi muvaffaqiyatlari kuzatilib boriladi hamda g‘oliblar keyingi bosqichlarda institut sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati