“Xon atlas” haftaligi doirasida “O‘zbek milliy liboslari kuni” nishonlandi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 12-sentabr kuni milliy libosdagi qizlar atlas va adrasdan tikilgan kiyimlarni kiyib, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilishdi. Ushbu tashabbus o‘zbek xalqining boy merosini namoyish etish va yoshlarda milliy liboslarga hurmatni oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Talabalar orasida milliy libosdagi qizlar yorqin va rang-barang kiyimlarda institutning turli joylarida ko‘rinish berib, ularning nafisligi va milliy an’analar bilan uyg‘unligi barchaning e’tiborini tortdi. Atlas va adrasning bejirim ko‘rinishi, ularning nafosati talabalarning qiziqishini uyg‘otdi hamda bu liboslarning zamonaviy modadagi o‘rni haqida keng muhokama olib borildi.

Bu tadbir nafaqat o‘zbek liboslarini targ‘ib etish, balki yoshlar orasida milliy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylashga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarning madaniy merosimizni yanada qadrlashlariga zamin yaratdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »