Namangan muhandislik-texnologiya institutida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tarosim bo‘lib o‘tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Ushbu muhim tadbirda institut rektori, Namangan viloyati kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov, Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov va bir qator boshqa hurmatli mehmonlar ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Odiljon Mamatkarimov yangi o‘quv yilining barcha talaba va o‘qituvchilar uchun muvaffaqiyatli bo‘lishiga tilakdosh ekanligini bildirdi. Institutning yutuqlari va kelgusidagi rejalariga to‘xtalib, ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda talabalarga zamonaviy ta’lim berish yo‘nalishidagi islohotlar muhimligi ta’kidlandi.

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev o‘z nutqida ta’lim tizimining rivojlanishida institutning roli va ahamiyati haqida gapirar ekan, kelajak avlodni tarbiyalashda institutga bo‘lgan ishonchini ifoda etdi. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov esa yoshlar siyosatining yutuqlari va istiqbolli loyihalari haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida talabalarga yangi o‘quv yilida omad va zafarlar tilab, bir qator madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu esa o‘quv yilining ko‘tarinki ruhda boshlanishiga xizmat qildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »