“Yangi O’zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning o’rni” mavzusidagi ilmiy anjumanda NamMTI professori e’tirof etildi

O‘zbekistonning ijtimoiy va ilmiy rivojlanishida ayollarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu munosabat bilan viloyat hokimligi tashabbusi bilan Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O’zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni” mavzusida muhim ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir mamlakatimizdagi olima ayollarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini nishonlash va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan edi.

Anjumanda Namangan muhandislik-texnologiya institutining Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish kafedrasi professori Mahfuza No’monova faol ishtirok etdi. Uning mazkur sohada olib borgan ilmiy ishlari va yutuqlari nafaqat institut jamoasi, balki viloyat miqyosida ham e’tirofga sazovor bo’ldi.

Mahfuza No’monovaning ilm-fan va ta’lim sohasidagi o‘ziga xos hissasi viloyat hokimligi tomonidan munosib baholandi va e’tirof etildi. Ushbu e’tirof uning ilmiy izlanishlari va mehnatsevarligini yanada rag’batlantirishi, kelgusidagi faoliyatida yangi marralar sari ilhomlantirishi aniq.

Mazkur anjuman yana bir bor olima ayollarimizning jamiyatimiz rivojidagi beqiyos o‘rnini namoyish etdi. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ayollarimizning ilm-fan va ta’lim sohalaridagi yutuqlari, o‘zbek jamiyatining yanada rivojlanishi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »