Namangan muhandislik-texnologiya institutida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2024-2025-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga talabgorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati vakillari, jumladan, rektor Odiljon Mamatkarimov, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvarjon Mahkamov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Konplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Zokirjonov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ikkinchi oliy ta’lim olish jarayonlari, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi, va qabul parametrlari haqida talabgorlarga batafsil ma’lumot berildi. Institut rahbariyati ta’lim olish sharoitlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritib, ikkinchi oliy ta’limni olish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olinib, muassasa tomonidan belgilanadi.

Uchrashuv talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va kelajakdagi ta’lim jarayonlariga oid tushuncha hosil qilish uchun imkoniyat yaratdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »