Namangan muhandislik-texnologiya instituti eng koʻp foydali modellar yaratgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining TOP reytingidan joy oldi. (https://t.me/adliyaimd/6608)

Mazkur reytingda 2020-2024 yillarda institutning «Umumtexnik fanlar», “Kimyoviy texnologiya”, “Qishloq xo‘jaligini mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Elektr energetikasi” va “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Informatsion texnologiyalar” va “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ixtirolar uchun olingan patentlar inobatga olingan.

Ma’lumot uchun 2020-2024 yillar davomida institut olimlari tomonidan jami 51 ta ixtirolar uchun patentlar olingan. Ushbu yuksak e’tirof bilan institutimiz jamoasini samimiy qutlaymiz!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »