Namangan muhandislik-texnologiya institutida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayoni boshlandi

Ushbu jarayon texnikum bitiruvchilarining kelgusi ta’lim bosqichiga o‘tishi va institutga qabul qilinishi uchun muhim bosqich hisoblanadi. Suhbatning dastlabki kunida institut rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi institut rahbariyati talabgorlar bilan muloqotda bo‘lib, ularga omad tiladi.

Suhbat jarayonlarini ochiq va shaffof o’tishini taʼminlash maqsadida barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Suhbat o‘tadigan auditoriyalar zamonaviy texnika va vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu jarayonni yanada samarali va qulay qilish uchun xizmat qilmoqda. Ota-onalar uchun esa alohida kutish joylari tashkil etilib, ularga ham qulayliklar yaratilgan.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati suhbat jarayonining yuqori darajada o‘tishi va har bir ishtirokchining bilim va ko‘nikmalari adolatli baholanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Institutning maqsadi – texnikum bitiruvchilarini sifatli ta’lim bilan ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishdir.

Suhbat jarayonlarining muvaffaqiyatli yakunlanishi bitiruvchilarga institutga qabul qilinish imkoniyatini taqdim etadi va ularning kelgusi ta’lim yo‘lidagi ilk qadamlarini qo‘yishlariga yordam beradi. Jarayonlar davom etmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »