Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Uychi tumanidagi 39-maktabda yoshlar bilan uchrashib, samimiy muloqot o’tkazdi.
Uchrashuv davomida Odiljon Mamatkarimov 39-maktab o’quv xonalarida yuqori sinf o’quvchilari bilan ham samimiy muloqot o’tkazdi. Yoshlarni ta’lim olishda chalg’imaslik, katta hayotga qadam qo’yish ostonasida o’zlari qizziqqan kasb egasi bo’lish uchun intilish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish joizligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari buning uchun yordam berishi, o’quv to’garaklari tashkil etib, ularni ilm olishiga kerakli sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.
Bunda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga institut rektoridan atroflicha javob oldilar.