Namangan davlat texnika universitetida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari boshlandi

Bahorning ilk kunida Namangan davlat texnika universitetida atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni saqlash maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Daraxtlar ekilishi nafaqat atrof-muhit go‘zalligini oshiradi, balki havoni tozalash, tuproq unumdorligini yaxshilash va mikroiqlimni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Yangi ekilgan ko‘chatlar yillar o‘tib, soya-salqin maskan va kislorod manbai bo‘lib, kelajak avlodga toza va yashil muhitni taqdim etadi.

Tabiatga g‘amxo‘rlik – har birimizning burchimiz! Har bir ekilgan daraxt nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho sovg‘adir. O‘zimiz va kelajak uchun ko‘proq ko‘chat ekaylik.